![Rossiyada Ukrainaning kichik samolyoti qulab tushdi, uchuvchi hibsga olindi](/uploads/posts/2023-04/ifxgbyo-q2gynpwzqpakadcfcez_ged9.jpg)
Rossiyaning Bryansk viloyatida Ukrainaga tegishli yengil motorli Aeroprakt A-22 rusumli «Letuchaya lisitsa» samolyoti halokatga uchradi, deb xabar qildi FXX chegara xizmati hududiy boshqarmasiga tayanib RIA Novosti.
Samolyot boshqaruvchisi Ukraina chegarasiga tomon qochishga uringanida hibsga olingani aytilmoqda.
![](/uploads/posts/2023-04/rs5rg0bdv4fksicdwmpmiif7bl8imoal.jpg)
Hodisaning boshqa tafsilotlari chegara xizmati tomonidan ma’lum qilinmagan.
Baza xabariga ko‘ra, uchuvchi avtomat bilan qurollangan. U 50 ming grivna evaziga topshiriq olganini, boshqa samolyot ortidan uchganini, Rossiya hududiga kirib qolganini bilmaganini, unga ishora berilgan paytda suratga olishi lozim bo‘lganini aytgan.
Mash xabariga ko‘ra, samolyot «Drujba» neft quvuri tomon uchgan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring ![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar