15:37 / 06.04.2023
1 127

Sankt-Peterburg hokimiyati muhojirlarni urushga jo‘natmoqchi

Sankt-Peterburg hokimiyati muhojirlarni urushga jo‘natmoqchi
4 aprel, seshanba kuni Sankt-Peterburg hokimiyati muhojirlarni shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatga jalb qilishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda gubernator o‘rinbosari Valeriy Pikalyov imzolagan buyruqqa tayanib, «Rotonda» nashri xabar bergan.
 
Nashrning yozishicha, Smolniy vakillari 15 aprelga qadar diaspora yetakchilari bilan «ularni xorijiy fuqarolar o‘rtasida shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatni ommalashtirishga jalb qilish» uchun uchrashuv o‘tkazishi kerak. Shimoliy poytaxt vitse-gubernatorlari Kirill Polyakov, Boris Piotrovskiy, Vladimir Knyaginin va Nikolay Linchenkolarga shu mavzuda buyruq berilgan.
 
Hujjatga ko‘ra, muhojirlarni Rossiya armiyasi bilan tuzilgan shartnomalarga qiziqtirish uchun amaldorlar «xususiy bandlik agentliklari bilan ishlashni tashkil etishi» kerak. Chet elliklar bilan hamkorlik qiladigan yirik ish beruvchilarni ham ushbu maqsadlarga jalb qilish mumkin.
 
Bundan tashqari, G‘arbiy harbiy okrugga «tashviqot va kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga fuqarolarni tanlash bo‘yicha» yordam ko‘rsatish bo‘yicha ishchi guruh tarkibiga millatlararo munosabatlar qo‘mitasi vakili kiritiladi.
 
Smolniyda alohida vazifa vitse-gubernator Antoliy Poveliy va Sankt-Peterburg tumanlari rahbarlariga ham yuklangan. Shu oyning o‘rtalariga qadar ular harbiy komissarlar bilan birgalikda 2017 yildan 2022 yilgacha Rossiya fuqaroligini olganlarning «harbiy ro‘yxatga olish to‘liqligini tekshirishlari» kerak.
 
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Gosuslugi portalida va xuddi shu nomdagi ilovadan hisobni o‘chirish tugmasi olib tashlangani ma’lum bo‘ldi. Avvalroq, bahorgi muddatli harbiy xizmatga chaqiruv vaqtida harbiy xizmatga chaqiriluvchilarni elektron ko‘rinishda xabardor qilishni boshlashi xabar qilingan edi.
 
Shuni ham aytib o‘tish lozimki, mehnat muhojirlari, ayniqsa, Markaziy Osiyodan borgan fuqarolarni urushga jalb qilishga harakat Ukrainaga qarshi tajovuz boshlangandan buyon davom etib kelmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo