Putin: Kiyev rejimi nafaqat bizning fuqarolarga, balki o‘z fuqarolariga ham shafqatsiz


Rossiya Federatsiyasi nafaqat Rossiya fuqarolariga, balki Ukraina fuqarolariga nisbatan ham o‘ta shafqatsiz bo‘lgan Kiyev rejimi bilan muomala qilmoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.
Vladimir Putin Donetsk xalq respublikasi (DXR) rahbari vazifasini bajaruvchi Denis Pushilin bilan uchrashdi.
"Afsuski, biz nafaqat o‘z fuqarolarimizga, balki o‘zining fuqarolariga ham o‘ta shafqatsiz bo‘lgan rejim bilan muomala qilmoqdamiz", - deydi Putin.
Davlat rahbarining ta’kidlashicha, RF Qurolli Kuchlarining vazifasi “ularni bizga zarar yetkaza olmaydigan masofaga uzoqlashtirish”dir.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…