Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov markaziy masjidda namoz o‘qib, iftorlik qildi (foto)

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov masjidda namoz o‘qib, barcha kelganlar uchun iftorlik tashkil qildi. Bu haqda AKIpress xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Sadir Japarov yig‘ilganlar oldida qisqacha nutq so‘zlab, ularni muqaddas Ramazon oyi bilan tabriklagan.
Siyosatchi insonning har tomonlama poklanishiga xizmat qiluvchi qadriyatlar ulug‘lanayotganini aytgan. Bu odamlarni birlashtirib, mehr-oqibatli qilishi, ko‘p millatli jamiyatda tinchlik va totuvlikni saqlashga hissa qo‘shishini qayd etgan.
“Qirg‘iz xalqining barcha ezgu niyatlari, ezgu o‘ylari amalga oshsin!”, — degan Japarov.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…