![O‘zbekistonda og‘ir jinoyat sodir etgan shaxs 13 yil o‘tib Moskvada qo‘lga olindi](/uploads/posts/2023-04/920__95_3145236135.jpg)
Moskvada O‘zbekistonda birga yashagan ayolni o‘ldirib, mulkini talon-toroj qilgan shaxs soxta pasport bilan qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda «MVD Media».
O‘zbekiston fuqarosi 2010 yilda jinoyat sodir etgan, shundan so‘ng u Rossiyaga qochib ketgan va davlatlararo qidiruvga berilgan. Mahalliy politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, erkak o‘zi bilan birga yashagan ayolni o‘ldirib, uning telefoni, minglab dollar va millionlab so‘mni o‘g‘irlab qochib ketgan.
Jinoyatchi Moskvada ko‘chada hujjatlarini tekshirish vaqtida politsiya tomonidan qo‘lga olindi. U soxta pasportni ko‘rsatgan, ma’lum bo‘lishicha, unda fotosurat qayta yopishtirilgan bo‘lgan. Gumonlanuvchi hibsga olingan va endi O‘zbekistonga ekstraditsiya qilinadi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring ![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar