![Rossiyalik askar Ukrainada ukasining o‘limi uchun komandirning yuziga o‘q uzdi](/uploads/posts/2023-04/1680939676_920__95_336082726.jpg)
Sevastopol garnizoni harbiy sudi Ukrainadagi harbiy operatsiyada ishtirok etgan serjant Ismoil Zangiyevga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqishni boshladi, deb yozadi «Kommersant».
29 yoshli Zangiyev batalon taktik guruhida birinchi vzvod komandirining o‘rinbosari bo‘lgan, uning ukasi 20 yoshli Zelimxon esa ikkinchi vzvodda xizmat qilgan. Ish materiallaridan ma’lum bo‘lishicha, 2022 yil mart oyida Mariupolda rus harbiylari tuzog‘ga uchragan. Unda Zelimxon Zangiyev va uning bir qancha sheriklari halok bo‘lgan.
Zangiyev ukasini qidirib boradi, lekin uni topa olmadi. Keyinchalik ukasining jasadi topiladi. Uning o‘limida ikkinchi vzvod komandiri, katta serjant Yan Larionovni ayblaydi va uning yuziga o‘q uzadi. Larionov og‘ir jarohat oladi, ammo shifokorlar uning hayotini saqlab qolishadi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring ![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar