Foto: CNN
Pentagon AQSH huquq-tartibot idoralarining «sizib chiqqan» materiallarida haqiqiy maxfiy ma’lumotlar bo‘lishi mumkinligini tan oldi. Oq uy mamlakat va ittifoqchilarning milliy xavfsizligidan xavotirda.
Qo‘shma Shtatlar AQSH xavfsizlik xizmatlari va harbiy idoralari ishining natijalarini batafsil aks ettiruvchi, «sizib chiqqan» maxfiy hujjatlar mamlakat milliy xavfsizligiga qanday ta’sir qilishi mumkinligini baholamoqda. Bu haqda 9 aprel, yakshanba kuni Pentagon matbuot kotibi o‘rinbosari Sabrina Singx bergan bayonotda aytiladi.
Vashington ushbu hujjatlarning «AQSH milliy xavfsizligiga, shuningdek, ittifoqchilari va hamkorlariga» ta’sirini o‘rganmoqda, dedi Singx. U «sizib chiqqan» axborotlarda maxfiy va o‘ta maxfiy ma’lumotlar bo‘lishi mumkinligini tan oldi. Shu bilan birga, u hujjatlarning haqiqiyligini tekshirish hali yakunlanmaganiga aniqlik kiritdi.
Maxfiy deb aytilgan hujjatlar mart oyi boshida internetdagi turli forumlarda paydo bo‘la boshladi va dastlab unchalik e’tiborni tortmadi. Biroq, keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, ulardan Rossiya va Ukraina armiyasining ahvoli va xususan, Ukrainaning bo‘lajak qarshi hujumiga qoniqarsiz tayyorgarligi haqida xulosa chiqarish mumkin.
Shu bilan birga, ba’zi ma’lumotlar aniq manipulyatsiya belgilarini ko‘rsatdi - xususan, Rossiya yo‘qotishlari kam, Ukrainaniki esa ortiqcha baholangan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar