20:30 / 10.04.2023
269

Bollivud yulduzi Priyanka Chopra va Nik Jonas ota-ona bo‘lish hissiyoti haqida gapirib berdi

Bollivud yulduzi Priyanka Chopra va Nik Jonas ota-ona bo‘lish hissiyoti haqida gapirib berdi
Bollivud yulduzi Priyanka Chopra va uning turmush o‘rtog‘i Nik Jonas 2022 yilning yanvar oyida surrogat ona tufayli farzandli bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. Keyinchalik juftlik qizalog‘iga Malti Mari deb ism qo‘ygani va u muddatidan ancha oldin  tug‘ilgani haqida ma’lumot berildi. Baxtli oila vakillari hozirda qizalog‘i bilan o‘tkazgan baxtli lahzalarini suratlarga muhrlab, ijtimoiy tarmoqlarda muxlislariga taqdim etadi.
 
Otasiga o‘xshash qizaloq
 
Yaqinda Nik Jonas Nike krossovkalari yonida Maltining Nike krossovkalari turgan suratni joylashtirdi va uning ostiga “Ota va qiz” deb izoh qoldirdi.
 
Shuningdek Priyanka qizalog‘i doim uning yonida bo‘lishi uchun qo‘lidan kelganini qilishini aytgan. “Uning xonasida 7 ta kamera bor. Qizimning endigina ko‘zlarini ochganda yuzini ko‘rish qanchalik hayratlanarli ekanini bilmaysiz”, — deydi aktrisa.
 
Priyanka Chopra Nik va uning ota-onasi ko‘p yordam berishini ta’kidlaydi, chunki aktrisa hali kinodagi karerasini tark etishni rejalashtirmayapti.
 
Oilam — mening asosiy kuchim”, — deydi aktrisa.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo