12:09 / 12.04.2023
483

Tramp Putin, Si Szinpin va Kim Chen Inni eng aqlli odamlar deb atadi

Tramp Putin, Si Szinpin va Kim Chen Inni eng aqlli odamlar deb atadi
AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Xitoy rahbari Si Szinpin va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inni eng aqlli odamlar deb atadi. U bu fikrini Fox News telekanaliga bergan intervyusida bildirgan.
Sobiq prezidentning fikricha, u sanab o‘tgan davlat rahbarlari siyosat olamidagi eng zo‘r o‘yinchilar. Tramp Amerika prezidentlari bunday emasligini va hech qachon bo‘lmaganini ta’kidlagan.
AQSHning sobiq rahbari Xitoy yetakchisi Si Szinpin ajoyib inson ekanligini, Gollivud Xitoy rahbari rolini o‘ynash uchun uzoq vaqtdan beri aktyor izlayotganini, biroq unga o‘xshash odam yo‘qligini aytib o‘tgan.
 
Shuningdek, Tramp Shimoliy Koreya prezidenti Kim Chen Inni g‘ayrioddiy aql sohibi ekanligini va mamlakati ustidan to‘liq nazorat o‘rnatganini ta’kidlagan.
«Putinga kelsak, u ham juda aqlli», – deya xulosa qilgan Doland Tramp.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo