![Qirg‘izistonda Haj ziyorati narxi arzonladi](/uploads/posts/2023-04/y7tdo5vbluw67oq3vcmyqtts9dogllxl.jpg)
Foto: Getty images
2023 yilda qirg‘izistonliklar 3900 dollar evaziga Haj ziyoratini ado qilishi mumkin. Bir yil oldin bu qiymat 4400 dollar edi.
Qirg‘iziston musulmonlari diniy boshqarmasi (QMDB) 2023 yildagi Haj narxini hisoblab chiqdi. Umumiy miqdor bir kishi uchun 3900 dollarni tashkil qiladi. Bu o‘tgan yilga qaraganda 500 dollarga arzon.
Navbatda turgan va to‘lovning bir qismini ($1000) amalga oshirgan fuqarolar qolgan 2900 dollarni «RSK bank» hisob raqamiga 17 aprelgacha topshirishi mumkin.
QMDB shuningdek, xarajatlar smetasini ham ochiqladi. Bir ziyoratchi uchun ikki tomonga aviachipta narxi 1360 dollarni tashkil etadi. Ziyoratchilarni Jazeera Airways tashiydi.
Saudiya Arabistonidagi xarajatlar paketi 2080,19 dollarga baholangan. Unga bank kafolati, Muqaddas vodiydagi xizmatlar narxi, Madinada uch kecha-kunduz qolish, Makka va Madinada ovqatlanish, niqob, avoid, vuqala (ziyoratchilarni tashish) narxining 15 foizi, zam-zam suvi va uni Makkadan Madinaga, Jiddaga yetkazish narxi, ziyoratchilarni Makka yotoqxonasidan Haram masjidiga olib borish uchun avtobuslar, Makkadagi yotoqxonaning vaqf sug‘urtasi (15%), shu jumladan, qo‘shimcha avtobus, xavfsizlik va kovid kasalliklaridan sug‘urta narxi kiradi.
Haj ziyorati uchun maxsus kiyimlar, ziyoratchilarni meningit va mavsumiy grippga qarshi emlash uchun Qirg‘izistonga vaksina preparatlarini olib kirish, har bir Haj rahbari, Hajga hamrohlik qiluvchi shifokorlar va Haj raisi xodimlari uchun sarf-xarajatlar, uyali aloqa xizmatlari 459,81 dollar turadi. Shuningdek, ushbu paket viza, braslet, nishonlar, beyjlar va boshqalarni ham o‘z ichiga oladi. Bu miqdordan Ulamolar Kengashi, QMDB komissiyasi va boshqalar tomonidan taqdim etiladigan Hajni tashkil qilish ishlari uchun ham pul to‘lanadi.
Qirg‘iziston uchun 2023 yilda Haj kvotasi 6110 o‘rin qilib belgilangan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring ![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar