20:23 / 15.04.2023
645

Ispaniyalik ayol 500 kun davomida g‘orda yolg‘iz yashadi (foto)

Ispaniyalik ayol 500 kun davomida g‘orda yolg‘iz yashadi (foto)

50 yoshli ispaniyalik sportchi Beatris Flamini g‘orda 500 kun bo‘lib, jahon rekordini yangiladi. CNN xabariga ko‘ra, sportchi 2021 yilning 20 noyabrida, 48 yoshida g‘orga kirib ketgan.

Granada provinsiyasidagi g‘orda, 70 metr chuqurlikda u yolg‘izlikda ikki tug‘ilgan kunini nishonladi.

Flamini yer ostida jismoniy tarbiya, chizish va jun shlyapalar to‘qish bilan shug‘ullangan. Bu vaqt ichida u 60 ta kitob o‘qidi va 1000 litr suv ichdi.

Sportchining so‘zlariga ko‘ra, dastlab u vaqtni hisobga olishga uringan, biroq 65-kunida u hisoblashni to‘xtatgan. Bu vaqt davomida uni bir guruh psixologlar, tadqiqotchilar, g‘orchilar kuzatib, ijtimoiy izolyatsiya va oriyentatsiya vaqtga, miya faoliyatiga va uyquga qanday ta’sir qilishini tushunishga harakat qilishgan.

14 aprel kuni sportchining yer ostiga tushganiga roppa-rosa 500 kun o‘tdi. Shunday qilib, u g‘orda eng uzoq vaqt qolish bo‘yicha jahon rekordini yangiladi. Biroq, Ginnesning rekordlar kitobi vakillari g‘orda ixtiyoriy bo‘lish bo‘yicha alohida rekord bor-yo‘qligini va Flamini uni yangilaganini tasdiqlamadi.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo