05:16 / 18.04.2023
739

O‘n yoshli bolaning miyasidan 15 donagacha qurt olib tashlandi

O‘n yoshli bolaning miyasidan 15 donagacha qurt olib tashlandi
Qozog‘istonning Chimkent shahar bolalar klinik shifoxonasi mutaxassislari yosh bolaning miyasidan qurtlarni olib tashlashdi. Bu haqda mahalliy Otyrar nashri xabar bermoqda.
 
OAV xabarlariga ko‘ra, o‘n yoshli bola doimiy bosh og‘rig‘idan shikoyat qilib shifokorlarga murojaat qilgan. Tekshiruv natijasida shifokorlar bemorda bosh miyaning  exinokokkoz kasalligi borligini aniqladi.
 
Bola tezda shifoxonaga yotqizilgan va operatsiya qilingan. Operatsiya davomida jarrohlar 15 dan 10 sm gacha bo‘lgan  exinokokkoz kistasini, shuningdek, taxminan 10-15 ta tasmasimon qurtni olib tashlashgan.
 
Miyaning exinokokkozi kam uchraydigan parazitar kasallikdir. Parazitlar inson tanasiga gigiyena qoidalariga rioya qilinmaganda (ko‘pincha hayvonlar yoki iflos qo‘llar orqali) kiradi.
 
Agar mazkur kasallik kech aniqlansa, hattoki o‘limga olib kelishi ham mumkin.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo