Putin kutilmaganda Xerson viloyatiga bordi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin kecha, 17 aprel kuni Dnepr qo‘shinlari guruhining Xerson yo‘nalishidagi qarorgohiga tashrif buyurdi. Bu haqda Kreml saytida xabar berilgan.
Davlat rahbari shtabda Havo-desant qo‘shinlari qo‘mondoni, general-polkovnik Mixail Teplinskiy, Dnepr kuchlari guruhi qo‘mondoni, general-polkovnik Oleg Makarevich, shuningdek, boshqa harbiy rahbarlarning hisobotlarini tinglagan.
Putin Xerson viloyatiga birinchi marta tashrif buyurdi. Avvalroq u mart oyida Mariupolga borgandi.
Ma’lum qilinishicha, Putin Xersonga vertolyotda borgan, shundan so‘ng u mashinada bir necha tumanlarni aylanib chiqqan.
Ushbu tashrif bugunga qadar sir tutildi. Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putinning bu safari dastlab rejalashtirilmagani va o‘z-o‘zidan sodir bo‘lganini aytdi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…