17:16 / 18.04.2023
346

Rossiyada 9 may kuni «O‘lmas polk» marshi o‘tkazilmaydi

Rossiyada 9 may kuni «O‘lmas polk» marshi o‘tkazilmaydi
Foto: TASS
«O‘lmas polk» marshi tashkilotchilari uni 9 may, g‘alaba kunida Rossiya shaharlarida o‘tkazishdan bosh tortdilar.
 
Harakat matbuot kotibi Olga Baybulovaning «Interfaks»ga tushuntirishicha, aksiya «an’anaviy formati»ni kengaytirish va «Ulug‘ Vatan urushi qahramonlari xotirasiga kun bo‘yi hurmat bajo keltirishga» qaror qilingan.
 
«Rossiyaning o‘lmas polki» harakati markaziy shtabi hamraisi, Davlat dumasi deputati Yelena Sunayeva RIA «Novosti»ga «turli xil formatlardan foydalanish» qarori xavfsizlik nuqtayi nazaridan qabul qilinganiga aniqlik kiritdi.
 
Avvalroq Rossiyada ikki viloyat 9 may kuniga belgilangan paradni bekor qilgandi.
 
Kurskda xavfsizlik nuqtayi nazaridan 9 may kunidagi harbiy parad bekor qilindi, deb xabar berdi Kursk viloyati gubernatori Roman Starovoyt. U bu terrorizmga qarshi kurashni kuchaytirishga qaror qilgan mintaqaviy shtabning pozitsiyasi bilan bog‘liqligini aytdi. «Ushbu qarorni inobatga olgan holda, biz 9 may kuni harbiy parad o‘tkazmaslikka qaror qildik», dedi Starovoyt 10 aprel kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda.
 
Shuningdek, Belgorod viloyatida 9 may kungi parad bekor qilindi. Gubernator Vyacheslav Gladkov buni «dushmanni qo‘zg‘atishni» istamasligi bilan izohladi. «Belgorod markazida katta miqdorda texnika va harbiy xizmatchilar to‘plansa, bu dushmanni qo‘shimcha harakatlarga qo‘zg‘atishi mumkin, shuning uchun parad o‘tkazilmaydi», dedi u.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo