![Britaniya mudofaa vaziri Ukrainadagi urush qachon tugashini aytdi](/uploads/posts/2023-04/1681917832_920__95_430155804.jpg)
Foto: RIA Novosti.
Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Ben Uolles The New York Times gazetasiga Ukraina Qurolli kuchlarining qarshi hujumi va urushning qachon yakunlanishi haqida fikr bildirdi.
Vazir Ukraina Qurolli kuchlarining bo‘lajak qarshi hujumi muvaffaqiyatli o‘tishiga ishonch bildirdi va kelayotgan 2024 yilda butun mojaro yakunlanishini bashorat qildi.
«Men optimistman va Ukraina mustahkam pozitsiyani saqlab qolishiga ishonaman. Shuningdek, biz realist bo‘lishimiz kerak, deb o‘ylayman: Rossiya qulaydigan sehrli lahzani kutib bo‘lmaydi», — deydi Uolles.
Oldinroq Germaniya kansleri Olaf Shols Ukrainadagi mojaro 2027 yilgacha davom etishi mumkinligini aytgandi.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yil 24 fevral tonggida Rossiya kuchlari Ukraina hududiga bostirib kirgandi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring ![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar