06:41 / 20.04.2023
199

Kennedining jiyani AQSH prezidentligi uchun kurashda ishtirok etadi

Kennedining jiyani AQSH prezidentligi uchun kurashda ishtirok etadi
Foto: Brian Snyder/Reuters
Qo‘shma Shtatlarning 35-prezidenti Jon Kennedining jiyani, kenja Robert Kennedi 2024 yilda Demokratik partiyadan prezidentlik uchun kurashda ishtirok etishini ma’lum qildi.
 
«Men Demokratlar partiyasidan prezidentlikka nomzod ekanimni e’lon qilish uchun keldim», dedi u Bostonda.
 
«Mening vazifam - bu kampaniyaning keyingi 18 oyi davomida va prezidentlik faoliyatim davrida davlat va korporativ hokimiyatning korrupsion tarzda birlashishiga chek qo‘yish», deb qo‘shimcha qildi u.
 
Aprel oyi boshida kenja Kennedi 2024 yilgi prezidentlik kampaniyasida ishtirok etish uchun Federal saylov komissiyasiga ariza topshirgan edi.
 
Amerika ommaviy axborot vositalarining eslatishicha, 69 yoshli kenja Robert Kennedi atrof-muhit bo‘yicha huquqshunos va vaksinatsiyaga qarshi. U nyu-yorklik sobiq senator, AQSH Bosh prokurori Robert Kennedining o‘g‘li va 35-prezident Jon Kennedining jiyani.
 
O‘tgan yili Instagram ijtimoiy tarmog‘i uning akkauntini «koronavirus yoki vaksinalar haqidagi rad etilgan da’volarni qayta-qayta tarqatgani uchun» bloklagan edi.
 
Kennedi Demokratik partiyadan prezidentlikka ro‘yxatga olingan ikkinchi nomzod. Avvalroq yozuvchi Marianna Uilyamson o‘z nomzodini Demokratik partiyadan ko‘rsatishini e’lon qildi.
 
Oq uyning amaldagi rahbari, Demokratik partiya vakili Jo Bayden prezidentlik saylovida ishtirok etishini hali rasman e’lon qilgani yo‘q.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo