19:13 / 22.04.2023
439

Ukraina Rossiya bilan bog‘liq geografik nomlarni taqiqladi

Ukraina Rossiya bilan bog‘liq geografik nomlarni taqiqladi
Foto: Sputnik/picture alliance
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy “Geografik nomlar to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi, unga ko‘ra Rossiya va uning arboblari bilan bog‘liq geografik obyektlarga nom berish taqiqlanadi. Tegishli ma’lumot 21 aprel, juma kuni Ukraina Oliy radasi saytida paydo bo‘ldi.
 
Qonun geografik obyektlarga "Rossiyani yuksaltiruvchi, abadiylashtiruvchi, targ‘ib qiluvchi" nomlar berishni taqiqlaydi.
 
Xususan, gap Rossiya yodgorlik joylari, sanalari, voqealari, Ukrainaga yoki boshqa davlatga qarshi tajovuzni amalga oshirgan shaxslar, shuningdek, totalitar sovet va Rossiya tuzumlarini, shu jumladan, ukrainaliklarni tanqid qilgani uchun ta’qib etish bilan bog‘liq totalitar siyosat va amaliyot haqida ketmoqda.
 
Qonunni Rada ko‘rib chiqishi uchun taqdim etgan ukrainalik parlamentariylar fikriga ko‘ra, uning qabul qilinishi Rossiyaning Ukraina ichki siyosatiga va ukrainaliklarning dunyoqarashiga ta’sirini kamaytirish, shuningdek, Rossiya propagandasi faoliyati oldini olish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, desovetizatsiyani tezlashtirishga yordam beradi.
 
Qonun uch oydan keyin kuchga kiradi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo