Qozog‘istonda 5 va 6 kunlik ish haftasi bilan bir qatorda 2023 yilning 1 iyulidan boshlab 4 kunlik ish haftasiga o‘tiladi.
Bu borada «Qozog‘iston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ijtimoiy ta’minot masalalari bo‘yicha o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonuni bilan mamlakat Mehnat kodeksiga o‘zgartirishlar kiritilgan.
Mehnat kodeksiga kiritilayotgan o‘zgartirishga muvofiq, besh kunlik yoki olti kunlik ish haftasi, shuningdek, to‘liq bo‘lmagan ish haftasi (davomiylik tomonlarning kelishuvi bilan belgilanadi) nazarda tutilgan.
Umumiy dam olish kuni yakshanbaga to‘g‘ri keladi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar