Foto: Reuters
Braziliya prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini qoraladi, biroq «aqldan ozgan urushda hech kim tinchlik haqida gapirmayotganini aytdi», deb xabar bermoqda Reuters.
Ispaniyaga tashrifi chog‘ida da Silva yana bir bor «Ukraina o‘z hududini saqlab qolishi» uchun tinchlik yo‘lidagi sa’y-harakatlarni kuchaytirish tarafdori ekanini aytdi.
«Men Yevropaning bu urushga bo‘lgan nuqtayi nazarini tushunaman. Bir davlatning boshqa davlatga bostirib kirishini qabul qilib bo‘lmaydi, lekin bu urushda tinchlik haqida gapirilayotganini ko‘rmayapman», - dedi u.
Avvalroq Braziliya prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva urushni tugatish uchun Qrimni Rossiyaga berishni taklif qilgandi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, u Xitoy yetakchisi Si Jinping bilan Ukrainaning Qrimdan «bosh tortishi» haqidagi taklifni shaxsan muhokama qilmoqchi.
«Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina hududini qo‘lga kirita olmaydi. Balki Qrimni muhokama qilarmiz. Lekin u qo‘shimcha ravishda nima qo‘lga kiritganini qayta ko‘rib chiqishi kerak», - dedi da Silva Braziliyada jurnalistlar bilan uchrashuvda.
Ukraina Braziliya prezidentining Rossiya agressiyasini to‘xtatish bo‘yicha yechim topish borasidagi sa’y-harakatlarini qadrlaydi, biroq «o‘z hududlari bilan savdolashmasligini» eslatishga majbur, deya ma’lum qildi TIV matbuot kotibi Oleg Nikolenko.
«Ukraina yerining kamida bir santimetrini berishimiz uchun hech qanday huquqiy, siyosiy va ma’naviy sabab yo‘q. Ukrainaning pozitsiyasi o‘zgarishsiz qolmoqda: Ukrainada tinchlikni tiklash bo‘yicha har qanday vositachilik harakatlari Birlashgan millatlar tashkiloti nizomi tamoyillariga muvofiq Ukraina yaxlitligi, suverenitetini hurmat qilish va hududning to‘liq tiklanishiga asoslangan bo‘lishi kerak», deb yozdi Nikolenko Facebook'da.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar