Qirg‘izistonda voyaga etmaganlar turmush qursa, ozodlikdan mahrum etiladi

Qirg‘iziston parlamenti voyaga etmaganlar nikoh yoshiga to‘lmasdan turib oila qursa, uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosining belgilanishi to‘g‘risidagi qonun loyihasini bir ovozdan ma’qulladi. Bu haqda 9 iyun, payshanba kuni Respublika qonunchilik organi axborot xizmati ma’mumotiga tayanib “Novosti mira” nashri xabar qilmoqda, deb yozadi “Qalampir.uz”. Qonun loyihasini 69 nafar deputat bir ovozdan qo‘llab-quvvatlagan, 30 nafar boshqa Parlament a’zolari esa qarshi ovoz bergan.
May oyi oxirida Respublika qonunshunoslari mazkur loyihaga qo‘shimcha o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritib, ayrim bandlarni bekor qilishdi. Axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, agar mazkur qonun loyihasi amalda o‘zini oqlamasa, ma’lum muddat ichida deputatlar qonunni qayta ovozga qo‘yadilar. Nazarimizda, mazkur qonunning qabul qilinishiga asosiy sabab mahalliy aholi o‘rtasida qizlarni erta turmushga chiqishga undash hollari tez-tez kuzatilayotgani bilan bog‘liq.
Eslatib o‘tamiz, 2011 yildayoq Qirg‘iziston Respublikasi parlamenti Oila kodeksiga kiritilgan yangi tuzatishni ma’qullagan edi. Avvalgi qonunga muvofiq qirg‘iz oilalarida qizlarni erga berish 16-17 yosh etib belgilangan bo‘lsa, o‘zgartirilgan qonunga ko‘ra yigit-qizlar 18 yoshga to‘lishi bilan turmush qurishiga ruxsat etiladi. Ammo uzrli sabab, masalan, kelin xomilador bo‘lib qolganda, qirg‘iz qonunchiligi ham yoshlarga “shafqat qiladi”. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing