1 403
Rossiyada Qozog‘istonning bir qismini o‘zlashtirish taklif etildi, To‘qayev javob qaytardi
![Rossiyada Qozog‘istonning bir qismini o‘zlashtirish taklif etildi, To‘qayev javob qaytardi](/uploads/posts/2023-04/7p2enn0_ahtxu9q9koeicmd2wxp5zuyw.jpg)
Foto: Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev mamlakatda ayirmachilik urinishlariga qarshi keskin choralar ko‘rishini aytdi. Uning bayonoti bir juft rossiyalik targ‘ibotchilar Shimoliy Qozog‘istonni «tarixiy rus yerlari» deb ataganidan keyin yangradi.
«Ukrainadagi vaziyat Qozog‘istonda ham yaqqol aks etmoqda. U yerda ruslar yashaydigan ulkan hududlar bor», dedi Rossiyaning «Komsomolskaya pravda» nashri targ‘ibotchisi.
Shunda boshqa bir targ‘ibotchi «Ukraina ssenariysi bo‘yicha Qozog‘iston hududlarini o‘zlashtirish mumkinmi?», deb so‘radi.
«Bu yerlarga tarixiy huquqimiz bor deb hisoblayman. Bu sanoat hududi. Bular ota-bobolarimiz qurgan shaharlar... Nega biz ularni Qozog‘istonga sovg‘a qildik?», deb javob berdi hamkasbi.
Shundan so‘ng, prezident To‘qayev rossiyalik targ‘ibotchilarni tilga olmay, «davlat millatlararo, til va ijtimoiy sabablarga ko‘ra qo‘zg‘atiladigan barcha provokatsiyalarni qonun doirasida qat’iy bostirishini» ta’kidladi.
«Shu bilan birga, mamlakatimizning har bir fuqarosi o‘z so‘zi va xatti-harakati uchun mas’uliyatni his qilishi kerak. Biz his-tuyg‘ularga berilmasligimiz kerak. Adovat va nafratni kun tartibiga olib chiqmaslik kerak. Bizga axborot urushlari va mafkuraviy nizolar kerak emas», dedi To‘qayev.
Uning fikricha, targ‘ibotchilarning «Qozog‘iston bilan hech qanday aloqasi yo‘q. Ular xorijda turib jamiyatga nifoq urug‘ini sepmoqchi bo‘lyapti».
«Biz mas’uliyatli fuqarolar sifatida radikalizm, ekstremizm va separatizmning har qanday ko‘rinishlariga qarshi turishimiz kerak. Xushmuomala, qattiqqo‘l va bir vaqtning o‘zida adolatli bo‘lish kerak», dedi u.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring ![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar