15:03 / 28.04.2023
303

Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Moldovaga kirish taqiqlandi

Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Moldovaga kirish taqiqlandi
Foto: AP
Moldova bosh vaziri Dorin Rechan 28 aprel, juma kuni Moldova televideniyesiga bergan intervyusida Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Moldovaga kirishi taqiqlanganini ma’lum qildi. Rechanning so‘zlariga ko‘ra, Moldovada mamlakatga kira olmaydigan Rossiya fuqarolarining qora ro‘yxati bor, uning so‘zlariga ko‘ra, ba’zi amaldorlar bu ro‘yxatga faqat Moldovaga kirishga harakat qilganlarida bilib olishadi.
 
Rechan bir kun kelib qora ro‘yxatni ommaga e’lon qilishga va’da berdi. "Vaqti kelganida ro‘yxatni e’lon qilamiz, hozirda ishlayotgan mexanizm yetarli. Ommaviy ro‘yxatni tuzish uchun davlat resurslarini sarflash kerakmi yoki yo‘qmi, hozircha bilmayman", - deya tushuntirdi u.
 
Dorin Rechan "mamlakatga kirishi kerak bo‘lmagan hech kim kirib kelmaganini" ta’kidladi. “Biz urushni targ‘ib qilayotgan hammani to‘xtatamiz”, deb va’da berdi Moldova bosh vaziri.
 
Haagadagi Xalqaro jinoiy sud 17 mart kuni Putinni hibsga olishga order berdi. Rossiya prezidentiga harbiy jinoyat - Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi vaqtida Ukraina bosib olingan hududlaridan bolalarni Rossiyaga noqonuniy deportatsiya qilish ayblovi qo‘yildi.
 
Putin Xalqaro jinoiy sud hibsga olishni talab qilgan uchinchi amaldagi davlat rahbari va BMT Xavfsizlik kengashining birinchi doimiy a’zosi bo‘ldi. Undan oldin Xalqaro jinoiy sud Sudan prezidenti Umar al-Bashir va Liviya hukmdori Muammar Qaddofiyga qarshi ayblovlar qo‘ygan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo