11:13 / 29.04.2023
360

Rossiyada O‘zbekistondan kelgan mehnat migrantlari soni keskin oshdi

Rossiyada O‘zbekistondan kelgan mehnat migrantlari soni keskin oshdi
Foto: TASS
O‘zbekistondan Rossiyaga ishlash uchun borayotgan fuqarolar soni so‘nggi yillarda bir necha barobar oshdi. Bu haqda Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov xabar berdi.
 
«Oxirgi yetti yilda Rossiyaga ishlash uchun kelgan O‘zbekiston fuqarolari soni to‘rt baravar oshdi», dedi u Toshkentda bo‘lib o‘tgan xalqaro investitsiya forumida.
 
Vazir, shuningdek, ayni paytda O‘zbekistonda Rossiya kapitali ishtirokidagi 3 mingta kompaniya faoliyat yuritayotganini aytdi. Unga ko‘ra, o‘tgan yili 700 ta firma ochilgan.
 
Avvalroq FinExpertiza auditorlik va konsalting tarmog‘i ekspertlari 2022 yilda Rossiyaga turli mamlakatlardan 3,47 million migrant ishlash uchun kelganini hisoblab chiqqan edi.
 
Xorijiy ishchi kuchi o‘sishining 90 foizdan ortig‘i O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston hissasiga to‘g‘ri keldi. Qozog‘iston, Ozarbayjon, Viyetnam, Moldova, Turkiya, Turkmaniston va Xitoydan kelgan mehnat migrantlari soni ham keskin oshgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo