19:28 / 29.04.2023
892

Prigojin: "Vagner" tez orada o‘z faoliyatini to‘xtatishi mumkin

Prigojin: "Vagner" tez orada o‘z faoliyatini to‘xtatishi mumkin
Foto: Konkord Company Press Service/ITAR-TASS/IMAGO
Jangchilari Donetsk viloyatining Baxmut shahrida ko‘p oylardan beri ukrainalik askarlarga qarshi jang olib borayotgan "Vagner" xususiy harbiy kompaniyasi (XHK) rahbari Yevgeniy Prigojin yaqinda XHK o‘z faoliyatini to‘xtatishi mumkinligi haqida fikr bildirdi. "Bugun biz "Vagner" XHK qisqa vaqt ichida o‘z faoliyatini to‘xtatadi, degan xulosaga kelyapmiz", dedi u rossiyalik bloger Semyon Pegov bilan 28 aprel, juma kuni kechqurun ijtimoiy tarmoqlarda chop etilgan intervyusida.
 
"Biz tarixda qolamiz. Hechqisi yo‘q, shunday bo‘ladi", - dedi Prigojin. Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan videoklipdan ma’lum bo‘lishicha, XHK rahbari o‘z shaxsiy armiyasining tugatilishini Rossiya Mudofaa vazirligi yollanma askarlarga o‘q-dorilar yetkazib bermayotgani bilan bog‘ladi.
 
Bu Prigojinning “snaryad ochligi” haqida shikoyat qilishi va Rossiya harbiy rahbariyatining alohida a’zolarini “mamlakat manfaatlariga xiyonat qilishda” ayblashi bo‘yicha birinchi holat emas. Ayni paytda u qachon bayonot bergani noma’lum. Uning o‘zi ham hozircha OAVning aytilganlarga izoh berish haqidagi so‘rovlariga javob bermadi.
 
Reuters agentligining qayd etishicha, Yevgeniy Prigojin keskin va istehzoli bayonotlari bilan tanilgan, shuning uchun uning bayonoti qanchalik jiddiy bo‘lganini hozircha aytish mumkin emas. Kuni kecha u Ukraina harbiylariga shaharni amerikalik jurnalistlarga ko‘rsatishga ruxsat berish uchun uning bo‘linmalari Baxmutni o‘qqa tutishni to‘xtatayotgani haqidagi o‘z xabarini rad etdi. Bir necha soat o‘tgach, u bu shunchaki "harbiy hazil" ekanligini aytdi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo