Foto: AP
Bu bayonot Rossiya mudofaa vazirligining ko‘p sonli radikal ekstremistik guruhlar Afg‘onistonda mustahkam o‘rnashib olgani va qo‘shni respublikalarda o‘z g‘oyalarini targ‘ib qilish uchun harakatiini kuchaytirayotgani haqidagi so‘zlariga qarshi yangradi.
Afg‘oniston «Tolibon» harakatining rasmiy vakili Zabihullo Mujohid so‘zlariga ko‘ra, Kobul hech kimga Afg‘oniston hududidan boshqa davlatlarga qarshi foydalanishga ruxsat bermaydi. Uning so‘zlarini TASS keltirdi.
Uning ta’kidlashicha, Afg‘oniston rahbariyati nafaqat mamlakatda, balki mintaqada ham xavfsizlikni mustahkamlashga hissa qo‘shadigan siyosat olib bormoqda, Afg‘oniston hududidan Markaziy Osiyo davlatlariga hech qanday tahdid yo‘q.
Zabihullo Mujohid bu so‘zlarni Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning Afg‘onistonda ildiz otgan radikal guruhlar mintaqa xavfsizligiga asosiy tahdid ekanligi haqidagi bayonotiga izoh sifatida aytdi.
«Rossiya hukumati amaldorlari tushunishi kerakki, so‘nggi ikki yil davomida Afg‘onistondan mintaqa davlatlari va butun dunyo uchun hech qanday xavfsizlik tahdidi bo‘lmagan. Har qanday holatda ham Afg‘oniston ISHID qoldiqlarini to‘liq qat’iyat bilan yengishga muvaffaq bo‘ldi», dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘oniston mintaqada nafaqat xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlaydi, balki «iqtisodiy yo‘naltirilgan tashqi siyosati orqali mintaqadagi xavfsizlik va barqarorlikka hissa qo‘shadi».
Tolibon vakilining ta’kidlashicha, Kobul hech kimga Afg‘oniston hududidan boshqa davlatlarga qarshi foydalanishga ruxsat bermaydi. Shuningdek, «boshqa davlatlar, ayniqsa, mintaqada joylashgan davlatlar buzg‘unchi niyatda bo‘lganlarning Afg‘onistonga kirishiga yo‘l qo‘ymasligini kutadi».
28 aprel kuni Sergey Shoygu Hindistonda bo‘lib o‘tgan SHHT davlatlari mudofaa vazirlari yig‘ilishida Markaziy Osiyo mintaqasida vaziyat keskinlashishi mumkinligini va asosiy tahdid ko‘p sonli radikal ekstremistik guruhlardan ekanini, ular Afg‘onistonda mustahkam o‘rnashib, qo‘shni respublikalarda o‘z g‘oyalarini targ‘ib qilish uchun harakatlarini kuchaytirayotganini aytgan edi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
Zelenskiy G‘arbga murojaat qildi
Tomas Tuxel mag‘lubiyat sababini oshkor qildi
Hindistonda fuqarolarni Ukrainadagi urushga jalb qilishga uringan to‘rt kishi hibsga olindi
Dzyudo. Astana "Barysy Grand Slam" turniriga qur’a tashlandi
Litva Ukrainaga qo‘shin yuborishga tayyorligini ma’lum qildi
Osiyo chempionlar ligasi finali: Dastlabki bahsda "Yokogama" irodali g‘alabaga erishdi
Mo‘g‘uliston prezidenti O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan keladi