00:34 / 04.05.2023
683

Zelenskiy Kremlga uchirilgan dronlarga qanday munosabat bildirdi?

Zelenskiy Kremlga uchirilgan dronlarga qanday munosabat bildirdi?
Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kremlga uchirilgan dronlarga munosabat bildirdi. Bu haqda Hensingin Sanomat xabar berdi.
 
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina o‘z hududida jang olib bormoqda va hududini Rossiyadan himoya qilmoqda.
 
Biz Putinga yoki Moskvaga ham hujum qilmaymiz. O‘z zaminimizda jang qilamiz, qishloq va shaharlarimizni muhofaza qilamiz. Buning uchun ham qurolimiz yetarli emas. Shuning uchun qurollardan boshqa maqsadlarda foydalanmaymiz. Putinga hujum qilganimiz yo‘q, uni jazolashni xalqaro tribunalga qoldiramiz”, — dedi Zelenskiy.
 
U Moskvaning hujumga Ukraina aloqadorligi haqidagi ayblovlarini asossiz deb bilishini ta’kidladi.
 
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya o‘z askarlarini Ukrainaga qarshi urushga kirishishga undash uchun Kiyevga qarshi ayblovlardan foydalanishga harakat qilmoqda.
 
Putin qarorgohiga hujum
 
Ukraina 3 mayga o‘tar kechasi Rossiya prezidentining qarorgohiga dronlar bilan zarba berishga uringani haqida xabar berildi. Ikkita dron Kremlni nishonga olishga qaratilgani, harbiylar va maxsus xizmatlarning o‘z vaqtida ko‘rgan harakatlari natijasida qurilmalar ishdan chiqarilgani ta’kidlandi.
 
Hujum oqibatida Putin jabrlanmagani ma’lum qilindi, Rossiya prezidenti hodisa paytida Kremlda bo‘lmagan. Holat yuzasidan Moskvada 3 maydan boshlab dronlar uchirish taqiqlandi, 9 may paradi o‘tkazilishi rejasi esa davom etadi.
 
Ukraina prezidenti matbuot kotibi munosabati
 
Zelenskiyning matbuot kotibi Ukrainaning Kremldagi hujumga aloqadorligi haqidagi ayblovlarni rad etdi.
 
Bizda Kremlga tungi hujumlar haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. Ammo prezident Zelenskiy bir necha bor ta’kidlaganidek, Ukraina barcha mavjud kuch va vositalarni o‘z hududlarini ozod qilishga, boshqalarga hujum qilmaslikka yo‘naltiradi.
 
Terakt bu Dnepr va Umandagi kirish yo‘llari yoki Kramatorskdagi temiryo‘l vokzalidagi raketa otishmasi va boshqa ko‘plab fojialar oqibatida vayron bo‘lgan uylardir”, — deydi Ukraina prezidenti matbuot kotibi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy Kremlga uchirilgan dronlarga qanday munosabat bildirdi?