
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Rossiya Fanlar akademiyasining muhim mukofotlaridan biri - Igor Kurchatov oltin medalini oldi. Bu haqda Checheniston rahbari o‘zining Telegram-kanalida aytib o‘tgan.
Mukofotni Qodirovga prezident Vladimir Putinning do‘sti, fizik Mixail Kovalchuk Grozniyga tashrifi chog‘ida topshirgan.
«Mixail Valentinovichdan Kurchatov instituti milliy ilmiy-tadqiqot markazi rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun I.V.Kurchatov medalini olganimdan juda mamnunman. Nufuzli institutning bunday yuksak e’tirofini olish men uchun katta sharaf», — deb yozadi Qodirov.
Kurchatov oltin medali 1962 yildan beri yadro fizikasi va yadro energetikasi sohasidagi qo‘shgan hissasi uchun beriladi. Biroq Qodirovning yadro fizikasiga qanday xizmatlari borligi aniqlanmagan.
Ramzan Qodirov o‘nlab orden, faxriy medal va unvonlarga ega. U, xususan, Rossiya Qahramoni unvoni (2004), II darajali «Harbiy jasorat uchun» medali (2000), IV va III darajali «Vatanga xizmatlari uchun» (2006 va 2021 yillar) bilan taqdirlangan. Vladimir Putin Qodirovga Milliy gvardiya general-mayori unvonini ham topshirdi.
Fevral oyida esa Qodirov o‘ziga o‘zi Checheniston Respublikasi Qahramoni unvonini berdi. U bu mukofotni o‘tgan yilning oktyabr oyida ta’sis etgan va birinchi bo‘lib uni o‘zi olgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar