07:48 / 08.05.2023
424

To‘qayev Qozog‘iston oldidagi muhim vazifa nima ekanini aytdi

To‘qayev Qozog‘iston oldidagi muhim vazifa nima ekanini aytdi
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev mamlakat harbiylarni Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklar ekan mudofaa qobiliyatini doimiy ravishda yuksaltirish – eng muhim vazifa ekanini, bu mamlakatning strategik vazifalaridan biri ekanini ta’kidladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmatining Telegram-kanalida xabar berildi.
 
«Qozog‘iston armiyasi har qanday vaqtda Vatan himoyasi uchun qat’iy turishga tayyor bo‘lishi kerak. Qurolli Kuchlar mamlakatimiz suvereniteti va yaxlitligining ishonchli kafolati, xalq birligi va ertangi kuniga ishonch bo‘lib xizmat qilmoqda», deyiladi tabrikda.
 
To‘qayevning so‘zlariga ko‘ra, milliy armiya har daqiqada vatanni himoya qilishga tayyor turishi kerak.
 
Shuningdek, Qozog‘iston rahbari barcha askar va ofitserlarga qasamyodga sodiqliklari va xizmat burchini bekamu-ko‘st bajargani uchun minnatdorlik bildirdi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo