Shavkat Mirziyoyev g‘alabaning 78 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi

Shavkat Mirziyoyev g‘alabaning 78 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi
Shavkat Mirziyoyev g‘alabaning 78 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan Moskva shahriga amaliy tashrifi doirasida 9-may kuni Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 78 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi.

Moskvaning Qizil maydonida g‘alaba paradi bo‘lib o‘tdi. Uni Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan ham kuzatdi.

Shavkat Mirziyoyev g‘alabaning 78 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Tadbirdan so‘ng O‘zbekiston rahbari boshqa davlat yetakchilari bilan birga Aleksandr bog‘idagi “Noma’lum askar” yodgorligiga gulchambar qo‘ydi va Ikkinchi jahon urushida Vatan himoyasi yo‘lida halok bo‘lgan askarlar, shu jumladan o‘zbek o‘g‘lonlari xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Shavkat Mirziyoyev g‘alabaning 78 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Shu bilan Rossiyaga amaliy tashrif yakunlandi. Aeroportda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi. Davlat rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar