Foto: AP
Ukraina armiyasining bir qismi, NATO mamlakatlarida o‘qitilgan yangi bo‘linmalari hujumga “tayyor”, deya ma’lum qildi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy.
Biroq, armiyaga hali ham “bir narsa”, jumladan, “partiyalar bilan kelayotgan” zirhli mashinalar talab etiladi.
"Bizda mavjud bo‘lgan narsalar bilan oldinga siljishimiz mumkin, mening fikrimcha, muvaffaqiyatga erishamiz, - dedi u Britaniya nashrlariga bergan intervyusida. - Ammo biz ko‘p odamlarni yo‘qotamiz. Menimcha, bu qabul qilib bo‘lmaydigan narsa. Shuning uchun biz kutishimiz kerak. Bizga hali yana biroz vaqt talab etiladi".
Kiyev xalqaro hamkorlari bilan faol ishlamoqda, Ukraina uchun “yangi mudofaa paketlari”ni kelishib olinmoqda. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy vatandoshlariga an’anaviy videomurojaatida aytib o‘tdi.
"Yangi yechimlar - allaqachon ish darajasida. Osmonimiz uchun ko‘proq himoya, yerdagi mudofaa va harakatimiz uchun ko‘proq imkoniyatlar...", dedi Zelenskiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 10 may kuni u shu mavzuda bir necha uchrashuvlar o‘tkazgan va yaqin kelajakda “hamkorlardan javob qadamlarini” kutmoqda.
Jo Bayden prezident saylovida mag‘lubiyatga uchragan taqdirda Ukraina AQSH qo‘llab-quvvatlashini yo‘qotishi mumkinligi haqidagi savolga Vladimir Zelenskiy o‘sha vaqtgacha urushda g‘alaba qozonishga ishonishini aytdi.
“Kim biladi, biz qayerda bo‘lamiz? O‘shangacha g‘alaba qozonishimizga ishonaman”, — dedi u.
AQSHda saylovlar 2024 yil 5 noyabrda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar