10:44 / 16.05.2023
381

Lukashenko Rossiya harbiy aviatexnikasi Bryanskda qulaganini tasdiqladi

Lukashenko Rossiya harbiy aviatexnikasi Bryanskda qulaganini tasdiqladi
Foto: Videodan kadr
BelTA davlat agentligi iqtibos keltirgan Belarus rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Bryansk yaqinida “to‘rtta samolyot urib tushirilganidan beri” Belarus qo‘shinlari “yuqori jangovar shay holatda turibdi”.
 
Rossiya Federatsiyasi rasmiylari hozircha faqat bitta vertolyot halokatga uchraganini tan oldi, Rossiya federal telekanallari esa nima bo‘lganligi haqida birorta ham xabar tarqatmadi.
 
Ukraina tomoni samolyotlar Rossiya havo mudofaa tizimi tomonidan urib tushirilganini da’vo qilmoqda.
 
13 may kuni Rossiyaning Bryansk oblasti gubernatori Aleksandr Bogomaz Klinsi shahri hududida vertolyot halokatga uchragani to‘g‘risida ma’lumot berdi. TASS favqulodda xizmatlardagi manbalariga tayangan holda xabar berishicha, gap Mi-8 haqida bormoqda. Agentlikning qo‘shimcha qilishicha, Bryansk oblastida Su-34 bombardimonchi samolyoti ham yerga qulagan.
 
Keyinroq telegram-kanallarda Bryansk viloyati osmonida jami ikkita vertolyot va ikkita samolyot qulagani to‘g‘risida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Mash xabariga ko‘ra, ularning ekipajining barcha a’zolari – to‘qqiz kishi halok bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo