date
views 155

Buyuk Britaniya Ukrainaga yuzlab jangovar dronlar yetkazib beradi

Buyuk Britaniya Ukrainaga yuzlab jangovar dronlar yetkazib beradi
Foto: Getty Images
Britaniya Ukrainaga yuzlab zenit raketalari va jangovar uchuvchisiz uchoqlarni topshirish niyatida. Bu haqda Volodimir Zelenskiyning Londonga tashrifi munosabati bilan 15 may, dushanba kuni Britaniya hukumati ma’lum qildi.
 
Aniqlik kiritilishicha, dronlarning parvoz masofasi 200 kilometrdan oshadi. Avvalroq London Kiyevga Storm Shadow uzoq masofali qanotli raketalar yetkazib berilganini tasdiqlagan edi.
 
Bundan tashqari, joriy yilning yozida Buyuk Britaniya ukrainalik uchuvchilarni F-16 qiruvchi samolyotlarini boshqarish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazishni boshlaydi, deyiladi Britaniya hukumati saytida. Ukrainaliklar uchun Qirollik harbiy-havo kuchlari uchuvchilari o‘qiydigan dastur moslashtirilmoqda. “Ushbu mashg‘ulotlar Buyuk Britaniyaning F-16 qiruvchi samolyotlarini Ukrainaga o‘tkazish bo‘yicha boshqa davlatlar bilan hamkorlik sa’y-harakatlari bilan birga olib boriladi”, — deyiladi xabarda.
 
15 may kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Buyuk Britaniyaga keldi va u yerda bosh vazir Rishi Sunak bilan uchrashdi. Sunak o‘zining Twitter'dagi mikroblogida uchrashuv suratini e’lon qildi, unga “Xush kelibsiz!” yozuvi qo‘yilgan.
 
Avvalroq Zelenskiy Fransiya, Italiya va Germaniyaga tashrif buyurgandi. Ukraina prezidenti ta’kidlaganidek, uning Yevropa poytaxtlariga tashrifi, xususan, “qiruvchi samolyotlar koalitsiyasi”ni yaratish niyati bilan bog‘liq.
 
"Mening Yevropa poytaxtlariga tashriflarimning bir qismi aynan shunga qaratilgan. O‘ylaymanki, biz muvaffaqiyatga erishamiz", dedi Zelenskiy Berlinda Germaniya kansleri Olaf Shols bilan qo‘shma matbuot anjumanida.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Buyuk Britaniya Ukrainaga yuzlab jangovar dronlar yetkazib beradi