date
views 839

Peskov Ukrainadagi “maxsus operatsiya”ning yangi maqsadini aytdi

Peskov Ukrainadagi “maxsus operatsiya”ning yangi maqsadini aytdi
Foto: “Kommersant”
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukrainadagi “maxusus operatsiya”ning yangi maqsadini aytdi. Bu haqda “Vedomosti” xabar berdi.
 
Peskovning ta’kidlashicha, urush Rossiya hududi o‘qqa tutilmasligi uchun davom etadi. U Belgorod viloyatining Ukraina harbiylari tomonidan go‘yoki o‘qqa tutilgani haqidagi xabarga shunday izoh bergan.
 
Umuman olganda, tabiiyki, biz bu hujumni imkon qadar qattiq qoralaymiz. Bu sodir bo‘lmasligi uchun maxsus harbiy operatsiya davom etadi”, — degan u.
 
Rossiya ommaviy axborot vositalarida 16 may kuni ertalab Ukraina qurolli kuchlari Belgorod viloyatini “fosforli bombalar” yordamida “yana o‘qqa tutgani” haqida ma’lumotlar paydo bo‘la boshladi.
 
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, otishma Grad o‘t ochuvchi reaktiv tizim tomonidan amalga oshirilgan. Jami sakkizta hujum qayd etilgan bo‘lib, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.
 
Rossiyaning Ukrainaga qarshi bosqini
 
2022 yil 24 fevral kuni Rossiya “demilitarizatsiya” va “denasifikatsiya”ni amalga oshirish maqsadida Ukrainaga keng ko‘lamli bosqinni amalga oshirdi. Shunisi e’tiborga loyiqki, Rossiya hukumati hatto urushni urush deb atamay, unga “maxsus harbiy operatsiya” maqomini bergan.
 
Rossiya armiyasi bir qator jiddiy mag‘lubiyatga uchragach, Kreml “maxsus operatsiya”ga nisbatan urush ta’rifini berdi.
 
Bugungi kunda qilayotgan har bir ishimiz, shu jumladan, 'maxsus harbiy operatsiya' urushni to‘xtatish va Donetsk hamda Lugansk hududlarida yashovchi xalqimizni himoya qilishga urinishdir. Bu bizning tarixiy hududlarimizdir”, — degan edi Putin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Peskov Ukrainadagi “maxsus operatsiya”ning yangi maqsadini aytdi
-->