date

Visa va Master Card sudga berildi

Visa va Master Card sudga berildi

AQShning yirik xo‘jalik tovarlari bilan savdo qiluvchi tadbirkorlik tarmog‘i Home Depot Visa va Master Card to‘lov tizimlarini sudga berdi. Bu haqda “Qalampir.uz” xabar bermoqda.

Unda yozilishicha, Home Depot to‘lov tizimlarini bank debet va kredit kartalarini mikrochip orqali kiritishga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida kelishib olganlikda va AQShning monopoliyaga qarshi qonunchiligini buzganlikda ayblamoqda.

Mikrochip orqali tekshirish ancha xavfsiz va ishonchli, biroq Visa va Master Card uchun foydalilik darajasi past. Ular karta bilan operasiyalarni amalga oshirish uchun yuqori stavkalarni o‘rnatganlar, deyiladi xabarda.

Mazkur ikki to‘lov tizimlarining bosh qarorgohlari Home Depot shikoyatidan xabardor ekanliklarini tasdiqladilar. Visa mazkur shikoyat ishi bo‘yicha masalani Jorjiya shtatidan Nyu-Yorkning Bruklin tumani sudiga ko‘chirish niyatida.

Ma’lumot o‘rnida, Master Card to‘lov tizimi 1966 yilda tashkil topgan bo‘lib, u dunyoning 210 davlatida 22 ming moliya muassasalarini birlashtirgan.

Visa esa 1958 yilda tashkil etilgan. Mazkur to‘lov tizimi 200ta mamlakatning 21 ming moliyaviy tashkilotlarini birlashtirgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Visa va Master Card sudga berildi