21:36 / 16.05.2023
286

Yelena Zelenskaya Janubiy Koreya prezidentidan harbiy texnika so‘radi

Yelena Zelenskaya Janubiy Koreya prezidentidan harbiy texnika so‘radi
Foto: AFP Photo
Ukraina birinchi xonimi Yelena Zelenska Janubiy Koreya prezidenti Yun Suk Yol bilan uchrashib, Kiyev uchun harbiy texnika so‘radi. Bu haqda Janubiy Koreya prezidenti ofisiga tayanib, Reuters xabar berdi.
 
Yelena Zelenskaya media-konferensiyada ishtirok etish uchun Janubiy Koreyaga tashrif buyurdi.
 
Zelenskaya prezidentning maxsus vakili sifatida Yun bilan uchrashib, unga Ukraina uchun mina detektorlari kabi halokatli bo‘lmagan harbiy texnikalar ko‘rinishida yordam olishga umid qilishini aytdi”, — dedi Yunning matbuot kotibi Li Do Vun.
 
Yun Janubiy Koreya Ukraina xalqiga faol yordam berishini bildirdi. Janubiy Koreyaning Yonhap axborot agentligiga bergan intervyusida Zelenskaya Yunning Ukrainaga tashrifi ehtimoli haqida gapirgandi.
 
Yirik artilleriya snaryadlari ishlab chiqaruvchi Janubiy Koreya Rossiya bilan munosabatlariga asoslanib, Ukrainaga qurollar bermayotganini bildirgandi.
 
Ammo Yun o‘tgan oy Reuters agentligiga bergan intervyusida, agar Ukrainada tinch aholi keng ko‘lamli hujumga uchrasa yoki “xalqaro hamjamiyat rozi bo‘lolmaydigan vaziyat” bo‘lsa, uning hukumati “faqat gumanitar yoki moliyaviy yordam” ko‘rsatishi mumkinligini aytgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo