Imron Xon xavotirli bayonot e’lon qildi

Imron Xon xavotirli bayonot e’lon qildi
Imron Xon xavotirli bayonot e’lon qildi
Pokiston sobiq bosh vaziri Imron Xonning aytishicha, ayni damda politsiya uning uyini qurshab olgan. Bu haqda u Tvitter sahifasida yozgan.
 
«Ehtimol, navbatdagi hibsdan oldingi tvitimdir. Politsiya uyimni o‘rab oldi», — deb yozgan Xon.
 
O‘zining videomurojaatida sobiq bosh vazir Pokiston «halokat yo‘lida» ekanini aytdi.
 
Eslatib o‘tamiz, Imron Xon shu yilning 9 may kuni hibsga olingan, sal o‘tmay Pokiston Oliy sudi qarori bilan qo‘yib yuborilgandi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar