
Foto: “Kommersant”
“Vagner” kompaniyasi sanksiyalarga qaramay, 2022 yil oxirida Xitoydan o‘n minglab himoya dubulg‘alarini sotib oldi. Bu haqda Financial Times xabar berdi.
Jurnalistlarning aniqlashicha, Prigojin tomonidan Afrikadagi operatsiyalar uchun foydalanilgan tashkilotlar xalqaro bozorlarga tovarlarni erkin eksport va import qilgan. Ular xususiy armiyani to‘xtatishga qaratilgan G‘arbning sanksiyalarini chetlab o‘tgan.
Shunday qilib, “Vagner” bilan aloqador Rossiyaning Broker Expert kompaniyasi 2022 yilning noyabr va dekabr oylarida Xitoyning kichik Hngzhou ShinerainImport And Export Co kompaniyasidan 20 ming dona polimer dubulg‘a sotib olgan. Xitoy kompaniyasi ular “o‘yinda foydalanish” uchun mo‘ljallanganini da’vo qilgan.
Dubulg‘alarni 2 million dollardan sal ko‘prog‘ga sotib olgan Prigojin o‘n minglab rossiyalik mahbuslarni Ukrainadagi frontga jo‘natish uchun yollayotgan bir paytda sodir bo‘lgan.
Alibaba ma’lumotlariga ko‘ra, Broker Expert kompaniyasining xitoylik yetkazib beruvchisi Hangzhou Shinerain sharqiy Chjejiang provinsiyasida joylashgan bo‘lib, 5 dan 15 gacha xodimga ega. U odatda ayollar kiyimlarini sotadi, ya’ni Rossiyaga himoya bosh kiyimlarini yetkazib berish uning odatiy biznes sxemasiga kiritilmagan.
Xitoy kompaniyasi Prigojin yoki Broker Expertning “Vagner” bilan aloqalari haqida hech narsa bilmasligini aytdi. Kompaniya o‘yinlar uchun dubulg‘a ishlab chiqarishi, bu esa jang maydonida undan foydalanish uchun mos kelmasligini bildirdi.
Biroq kompaniya dubulg‘alarning fotosuratlarini Financial Times’ga yuborishdan bosh tortdi va ular noqonuniy hech narsa yubormaganliklarini bildirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar