00:00 / 23.05.2023
310

“Tolibon” ta’lim vaziri bilan ko‘rishgan ayol o‘qituvchilar kaltaklandi

“Tolibon” ta’lim vaziri bilan ko‘rishgan ayol o‘qituvchilar kaltaklandi
Afg‘onistonning Bomiyon viloyatida “Tolibon” ikki nafar ayol o‘qituvchilarni kaltakladi. Bu haqda mahalliy manbalarga tayanib, Hasht-e Subh Daily xabar berdi.
 
Ma’lum qilinishicha, ayollar “Tolibon” harakatining ta’lim vaziri vazifasini bajaruvchisi Habibulla Og‘ozni kutib olgani uchun jazolangan. Dorul Ulum Ettefaq tashkilotiga aloqador ayol o‘qituvchilar 22 may, dushanba kuni kaltaklangan.
 
Hodisadan keyin “Tolibon” ikki o‘qituvchini o‘zi bilan Bomiyondagi xavfsizlik qo‘mondonligiga olib ketgan. Mahalliy “Tolibon” rasmiylari voqea yuzasidan hozircha izoh bermagan.
 
Afg‘onistonda ayollarga nisbatan qo‘llangan taqiqlar
Bungacha afg‘onistonlik ayollarning BMT idoralarida ishlashi, erkaklarga ayollar uchun kiyim tikish, ayollarning erkak shifokorlarga borishi, ayollarning shifoxonaga yolg‘iz borishi va ularning istirohat bog‘iga tashrif buyurishi taqiqlagan. Shuningdek, Afg‘onistonda oilalar va ayollarning bog‘lari yoki yashil hududlari bo‘lgan restoranlarga kirishi va ayollar ovozi eshitilgan reklamalarni efirga uzatish taqiqlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Tolibon” ta’lim vaziri bilan ko‘rishgan ayol o‘qituvchilar kaltaklandi
ePN