12:00 / 23.05.2023
343

Afrika tinchlik missiyasi Ukrainadan rus qo‘shinlari olib chiqilmay turib janglarni to‘xtatishni taklif qilmoqda

Afrika tinchlik missiyasi Ukrainadan rus qo‘shinlari olib chiqilmay turib janglarni to‘xtatishni taklif qilmoqda
JAR prezidenti Siril Ramafosa
Foto: Reuters
Rossiya—Ukraina urushini hal qilish bo‘yicha Afrika missiyasi tomonlar birinchi navbatda harbiy harakatlarni to‘xtatishi kerakligini taklif qilmoqda. Ushbu tashabbus bilan chiqqan Afrikaning olti davlati Ukraina hududlaridan Rossiya qo‘shinlari olib chiqilmasdan turib muzokaralar boshlash mumkin, deb hisoblaydi. Tafsilotlarni Janubiy Afrika Respublikasi prezidentining vakili Vinsent Magvenya ma’lum qildi.
 
Birinchi navbatda harbiy harakatlar to‘xtatiladi, keyin barqaror tinchlik uchun asos yaratiladi”, — dedi Magvenya.
 
Ukrainaning Janubiy Afrikadagi elchisi Lyubov Abravitova bunday tashabbusga qarshi chiqdi. “Mening prezidentim aniq qilib aytgan... Rossiyaliklar xalqaro tan olingan chegaralar doirasida hududimizni tark etmaguncha Ukraina va Rossiya o‘rtasida muzokaralar bo‘lmaydi”, — dedi diplomat.
 
JAR prezidenti Siril Ramafosa may oyi o‘rtalarida Zambiya, Senegal, Kongo, Uganda, Misr va JAR nomidan tinchlik tashabbusini taklif qilgandi. Ramafosa tashabbusni muhokama qilish uchun Rossiya va Ukrainaga delegatsiyalar yubormoqchi. Moskva va Kiyev Afrika davlatlari vakillarini qabul qilishga kelishib olgan.
 
Ma’lumot o‘rnida, JAR BMTning Rossiyani Ukraina hududidan qo‘shinlarini olib chiqishga chaqiruvchi rezolyutsiyasi uchun ovoz berishda betaraf qolgan, shu sababli G‘arb davlatlari Afrika davlatini Rossiyaning Afrikadagi eng yaqin ittifoqchilaridan biri deb hisoblay boshlagan. Keyinroq AQSH elchisi Ruben Brigetti JARni Rossiya armiyasiga qurol yetkazib berishda ayblagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afrika tinchlik missiyasi Ukrainadan rus qo‘shinlari olib chiqilmay turib janglarni to‘xtatishni taklif qilmoqda
ePN