date
views 345

Britaniya bosh vaziri Xitoy tashqi siyosati haqida munosabatini bildirdi

Britaniya bosh vaziri Xitoy tashqi siyosati haqida munosabatini bildirdi
Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak Xitoyni global xavfsizlikka tahdid deb atadi. Bu haqda Britaniya hukumati rahbari Xirosimadagi G7 sammiti yakunlari bo‘yicha jurnalistlarga ma’lum qildi.
 
Uning so‘zlariga ko‘ra, yig‘ilishda “Yettilik guruhi” yetakchilari Xitoyga nisbatan “maqsad birligini” ko‘rsatgan.
 
Xitoy global xavfsizlik va farovonlik yo‘lidagi asrimizdagi eng katta muammodir”, degan u.
 
Bosh vazirning aytishicha, Londonning bu masalaga munosabati “ittifoqchilar qilayotgan ishlarga to‘liq mos keladi”.
 
Sunakning ta’kidlashicha, London G7 ittifoqchilari bilan birgalikda "Xitoyni boshqa davlatlarning suveren ishlariga aralashish uchun iqtisodiy majburlashdan foydalanishning oldini olishni" istaydi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniya bosh vaziri Xitoy tashqi siyosati haqida munosabatini bildirdi