17:10 / 26.05.2023
407

Medvedev: “Zelenskiy bor ekan, Ukraina va Rossiya muzokaralari bo‘lmaydi”

Medvedev: “Zelenskiy bor ekan, Ukraina va Rossiya muzokaralari bo‘lmaydi”
Foto: “TASS”
“Kiyev rejimi” va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mavjud ekan, Rossiya—Ukraina o‘rtasidagi muzokaralar imkonsiz, dedi Rossiya sobiq prezidenti, amaldagi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev.
 
Kiyev rejimi, masxaraboz Zelenskiy bor ekan, muzokaralar olib borilmaydi”, — dedi u Vetnamga tashrifi chog‘ida.
 
Shu bilan birga, Medvedev ertami-kechmi Moskva va Kiyev muzokara qilishga majbur bo‘lishini tan oldi, biroq Ukrainada “bu odamlar” hokimiyat tepasida turar ekan, Rossiya nuqtai nazaridan muzokaralar borasidagi vaziyat o‘zgarmasligini ta’kidladi.
 
Shuningdek, u Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo‘yicha mavjud tinchlik rejalarining barchasini o‘rganib chiqish kerakligini qo‘shimcha qildi.
 
May oyi boshida The Wall Street Journal Yevropadagi manbalariga tayanib, AQSH Milliy xavfsizlik kengashidagi asosiy vakillar Moskva va Kiyev o‘rtasidagi muzokaralar tarafdori ekani haqida xabar bergan edi, ammo avval Davlat departamenti va Markaziy razvedka boshqarmasi Ukraina qarshi hujumining natijasini ko‘rmoqchi.
 
Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Aleksiy Danilovning aytishicha, boshqa davlatlar Kiyevni Moskva bilan Rossiya shartlari asosida muzokara olib borishga majburlamoqchi. Biroq uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina faqat o‘z shartlari asosida muzokaralar olib boradi, ular orasida Zelenskiyning mamlakatni 1991 yildagi chegaralariga qaytarish talabi bor.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Medvedev: “Zelenskiy bor ekan, Ukraina va Rossiya muzokaralari bo‘lmaydi”
ePN