13:03 / 29.05.2023
1 248

Ekspert bashorati: “Putin va Prigojinni o‘ldirishlari mumkin”

Ekspert bashorati: “Putin va Prigojinni o‘ldirishlari mumkin”
Foto: AP Photo
Ukraina tashqi razvedka xizmatining sobiq rahbari, armiya generali Nikolay Malomujning aytishicha, G‘arb yadro quroli qo‘llangan taqdirdagina Rossiya prezidenti Vladimir Putinning yo‘q qilinishiga qo‘yib berishi mumkin. “Obozrevatel” nashriga bergan intervyusida u hozir Rossiya yetakchisini o‘ldirish imkonsizligini ta’kidladi: muammo nafaqat G‘arbning pozitsiyasida, balki Putin atrofidagi kuchli xavfsizlik tizimida.
 
Harbiy ekspertning fikriga ko‘ra, Rossiya prezidenti jismonan tugatilmasdan shunchaki lavozimidan chetlatilishi ham mumkin. Qotillik uchun Rossiyadagi agentlardan yoki siyosatchining yaqin doiralaridagi odamlar yordamidan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Bu operatsiya hatto Amerika va Yevropa razvedka idoralari uchun ham juda qiyin vazifa bo‘ladi. Malomujning qo‘shimcha qilishicha, Putinning atrofidagilar G‘arbdan ma’lum imtiyozlar olish uchun uni yo‘q qilishga yordam berishi mumkin.
 
Hozircha bu odamlar ushbu yo‘nalishda hech qanday harakat boshlay olmaydi, chunki ular Rossiya maxsus xizmatlari nazorati ostida. Ukraina Qurolli kuchlarining frontdagi muvaffaqiyatli harakatlari natijasida xavfsizlik tizimi barbod bo‘la boshlagach, Rossiya prezidentining atrofidagilar Putinni yo‘q qilishni asosiy maqsad qilib qo‘yishi mumkin. Fikrimcha, G‘arb ular bilan shu yo‘l orqali dunyoni yadro urushidan qutqarib qolishi va G‘arb davlatlari bilan muzokara olib borishi borasida kelishib oladi”, — dedi Malomuj.
 
Armiya generalining so‘zlariga ko‘ra, “Vagner” rahbari Yevgeniy Prigojinni yo‘q qilish bo‘yicha operatsiyaning muvaffaqiyat qozonish imkoniyati hozir ancha yuqori. Buni hatto yaqin kelajakda Ukraina maxsus xizmatlari ham amalga oshirishi mumkin. Prigojinning jismoniy yo‘q qilinishi G‘arb bilan qarama-qarshiliklarga olib kelmaydi, “chunki u terrorchi”.
 
Putinning yo‘q qilinishi — boshqa ekspertlar nima demoqda?
 
Rossiya muxolifati yetakchisi, Federal xavfsizlik xizmati polkovnigi Gennadiy Gudkovga ko‘ra, Putin o‘z qo‘l ostidagilar — mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Rossiya Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Gerasimovning qurboniga aylanishi mumkin.
 
Shu bilan birga, Mariupolni himoya qilishda ishtirok etgan ofitser — “azovchi” Ilya Samoylenko Putinning o‘ldirilishi Rossiyaga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi, degan fikrda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ekspert bashorati: “Putin va Prigojinni o‘ldirishlari mumkin”
ePN