17:20 / 30.05.2023
308

Baxtli tasodiflar: Yulduzli juftliklar qayerda va qanday tanishgan?

Baxtli tasodiflar: Yulduzli juftliklar qayerda va qanday tanishgan?

Bo‘lajak umr yo‘ldoshingiz istalgan joyda uchrab qolishi mumkin. Bu taqdirlash marosimi bo‘ladimi yoki oddiy sport musobaqasimi, farqi yo‘q, eng muhimi — buni yurakdan his qilishdir.

Devid va Viktoriya Bekxem — stadionda

Foto: Europa Plus

Futbolchining faoliyatida ko‘p o‘yinlar bo‘lgan, ammo ulardan birini umrining oxirigacha eslab qolgan. O‘shanda futbolchi Viktoriya Bekxem bilan tanishgandi. Xonanda futbol muxlisi emasdi, lekin Devid Bekxemni ko‘rib, zavqdan chinqirib yuboradi. Viktoriya tribunadan tushib, Devid bilan telefon raqamlarini almashadi. Devid Viktoriya o‘z raqamini qoldirgan chiptani hali ham saqlab keladi.

Foto: Europa Plus
Bu, shubhasiz, bir ko‘rishdagi muhabbat edi. Futboldan keyin uyga kelganida tasodifan yo‘qotib qo‘ymaslik uchun telefon raqamimni hamma narsalarga yozib qo‘yganini aytgandi”, — deb eslaydi sobiq xonanda.

Kris Xemsvort va Elza Pataki — tashkillashtirilgan uchrashuvda

Foto: Europa Plus

Kris Xemsvort va Elza Patakini tanishtirib qo‘ygan odam ularning til o‘rganish bo‘yicha murabbiyi edi. Murabbiy ular bilan o‘zaro tanish bo‘lsa-da, juftlik bir-birini tanimasdi.

Biz hech qachon bir-birimizni ko‘rmaganmiz. Tashabbusni ikkovimizga ham urg‘u bo‘yicha dars beradigan o‘qituvchimiz ko‘rsatdi. Bu xonim bizlarni bir-birimizga reklama qila boshladi. Oxir-oqibat men: ‘Yaxshi, uchrashib ko‘raylik-chi’, degan qarorga keldim”, — deydi Xemsvort.

Jastin Timberleyk va Jessika Bil — “Oltin globus”da

Foto: Europa Plus

“Illuzionist” yulduzi 2007-yilgi “Oltin globus” haykalidan ham ajoyibroq narsaga erishdi. Jessika Bil Jastin Timberleyk bilan bayramdan keyingi marosimda tanishib qoladi.

Foto: Europa Plus
Bizning uchrashuvimizda hayron qoldiradigan hech narsa bo‘lmagan. Men uni an’anaviy uslubda — telefon orqali uchrashuvga taklif qildim. Oliyjanoblik internetning paydo bo‘lishi bilan o‘lmasligi kerak — men asrab olgan otam va bobomdan shuni o‘rganganman. Qizni Bolani uchrashuvga taklif qilganingizda u ovozingizni eshitishi kerak, deb o‘ylayman. Oxir-oqibat, u rozi bo‘ldi”, — deb tan oladi Jastin.

Jeyson Statxem va Rozi Xantington-Uaytli — Coachella festivalida

Foto: Europa Plus

Kamila Kabello va Shon Mendesning uchrashishidan keyin Coachella eng romantik festivalga aylandi. Xuddi shu joyda 2010-yilda Jeyson Statxem va Rozi Xantington-Uaytli bir-birlarini topishgan.

Tom Xiddlston va Zavi Eshton — teatrda

Foto: Europa Plus

Real hayotga ko‘chgan sahnadagi muhabbat. Bu Tom Hiddlston va Zavi Eshton 2019-yilda “Xiyonat” spektaklida er-xotin rolini o‘ynashadi. Juftlik o‘shandan beri birga.

Vanessa Xajens va Koul Taker — meditatsiya darslari

Foto: Europa Plus

Aktrisa va beysbolchining romantikasi Zoom bilan boshlandi. Vanessa Xajens onlayn meditatsiya darslariga yoziladi. Bir vaqtning o‘zida Koul Taker xuddi shu kurslarni olishga qaror qilgani qanchalik baxtli tasodif. U videokonferensiyaga ulanadi va bir ko‘rishda sevib qoladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Baxtli tasodiflar: Yulduzli juftliklar qayerda va qanday tanishgan?
ePN