11:07 / 31.05.2023
392

Ukrainada qozog‘istonlik “vagnerchi” 9 yilga koloniyaga hukm qilindi

Ukrainada qozog‘istonlik “vagnerchi” 9 yilga koloniyaga hukm qilindi
Foto: Skrinshot
Donetsk viloyatining Drujkovka shahri sudi Qozog‘istonning 23 yoshli fuqarosi Shingis Seypiyevni Rossiya tomonidan urushga yollanishda ayblab, 9 yilga ozodlikdan mahrum qildi, deb xabar bermoqda “Grati” nashri.
 
Sud ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yil oktyabr oyida Seypiyev Rossiyaning Tyumen shahridagi 2-sonli axloq tuzatish koloniyasida jazo o‘tayotib, Ukrainadagi urushga jo‘natish uchun “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi tomonidan yollangan. Avvaliga u Rostov viloyatidagi o‘quv lagerida harbiy tayyorgarlikdan o‘tgan, so‘ngra dekabr oyida anneksiya qilingan Lugansk xalq respublikasiga borgan. 24 dekabrda Seypiyev Baxmutning Yakovlevka qishlog‘iga jo‘natilgan, u yerda bir hafta o‘tgach, 30 dekabr kuni Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan asirga olingan.
 
Ukraina xavfsizlik xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Seypiyev Rossiyada zo‘rlashda ayblanib, o‘n yillik qamoq jazosini o‘tayotgan edi. “Glavkom” nashriga bergan intervyusida uning o‘zi mast holda janjal qilib do‘stini o‘ldirib qo‘ygani uchun Tyumen koloniyasiga tushganini aytdi.
 
Seypiyevning so‘zlariga ko‘ra, u ikki yil jazo o‘tagan va qolgan muddatini Rossiya koloniyasida o‘tkazishni istamagani uchun “Vagner” tarkibida urushga borishga rozi bo‘lgan. “Uyga tezroq qaytishni o‘ylagandim”, — deydi u intervyusida.
 
Tergov davomida Seypiyev o‘z aybiga iqror bo‘lgan, afv so‘ragan va Ukraina prokuraturasi bilan boshqa jinoyatlarni ochishda hamkorlik qilishga kelishgan. Buning evaziga u yollanish (Ukraina Jinoyat kodeksida besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni nazarda tutadi) moddasi bo‘yicha maksimal muddatdan kamroq yilga koloniyaga hukm qilindi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukrainada qozog‘istonlik “vagnerchi” 9 yilga koloniyaga hukm qilindi
ePN