date
views 116

Buyuk Britaniyada an’anaviy pishloq poygasi bo‘lib o‘tdi

Buyuk Britaniyada an’anaviy pishloq poygasi bo‘lib o‘tdi

Buyuk Britaniyada mashhur pishloq poygasi bo‘lib o‘tdi. Bu musobaqa o‘tkazilayotganiga yuz yildan oshgan bo‘lib, uning ildizlari uzoq tarixga borib taqaladi.

Qoidalar oddiy: katta pishloq bo‘lagi Gloster shahri yaqinidagi tik tepalikdan pastga dumalatiladi va signal berilishi bilan barcha ishtirokchilar bir vaqtning o‘zida uning orqasidan yugurishadi. Kim marra chizig‘ini birinchi bo‘lib kesib o‘tib, pishloqni qo‘lga kiritsa, uni sovrin sifatida yutadi.

Bu safar chempionatning bosh qahramoni kanadalik ayol bo‘ldi. Ammo uning g‘alabasi qimmatga tushdi, chunki marra chizig‘ida ayol boshi bilar yerga urilib, hushini yo‘qotdi.

Bu poygalar juda xavfli bo‘lib, avvalgi yillarda musobaqa ishtirokchilari bel, bo‘yin va boshdan jiddiy jarohatlar olgan; ko‘plab qatnashchilarning oyoqlari, qo‘llari va qovurg‘alari singan.

Rasmiylar bir necha bor musobaqani taqiqlashga urinishgan, biroq muxlislar bu taqiqlarga e’tibor bermayapti.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Buyuk Britaniyada an’anaviy pishloq poygasi bo‘lib o‘tdi