
AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Xelsinki meriyasi binosida Finlyandiya xalqaro munosabatlar instituti tomonidan tashkil etilgan tadbirda nutq so‘zladi.
O‘z nutqida rossiyaliklarga murojaat qilgan amaldor AQSH ularga uchun dushman emasligini ta’kidlagan.
«AQSH sizning dushmaningiz emas», degan Blinken ruslarga qilgan murojaatida.
AQSH Davlat kotibining tushuntirishicha, Vashington Moskva bilan o‘ttiz yildan beri barqaror hamkorlik qilib kelmoqda. Xavfsiz va farovon Rossiya Amerika manfaatiga to‘g‘ri keladi, deydi u.
Shuningdek, u AQSH Rossiyada hukumatni ag‘darishga intilmasligini, xalq o‘z kelajagini o‘zlari belgilashi kerakligini aytdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar