17:11 / 03.06.2023
399

Prigojin Rossiya Mudofaa vazirligi “Vagner”chilarning Baxmutdan chiqish yo‘lini minalab tashlaganini aytdi

Prigojin Rossiya Mudofaa vazirligi “Vagner”chilarning Baxmutdan chiqish yo‘lini minalab tashlaganini aytdi
Foto: Reuters
“Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi asoschisi Yevgeniy Prigojinning aytishicha, Rossiya Mudofaa vazirligi buyrug‘i bilan rus harbiylari “Vagner”chilarning Baxmutdan chiqish yo‘llariga “yuzlab tankka qarshi minalar va tonnalab plastid” qo‘ygan.
 
Hozir surishtiruv va tekshiruv ishlari olib borilmoqda, bu zaryadlarni qo‘yganlar Mudofaa vazirligi vakillari edi. Nega bunday qildingiz, deb so‘rashsa, ular barmog‘ini yuqoriga ko‘rsatyapti. Savollarga javob bermayapti”, — deb 2 iyun kuni Prigojinning so‘zlaridan iqtibos keltirdi uning matbuot xizmati.
 
Taxmin qilish mumkinki, ular 'Vagner'ning frontdan qaytadigan bo‘linmalarini ushbu zaryadlar bilan kutib olmoqchi, vaholanki, biz kolonna bo‘lib yurmaymiz”, — deya qo‘shimcha qildi Prigojin. “Vagner” rahbarining so‘zlariga ko‘ra, uning odamlaridan hech kim jabrlanmagan. U vaziyatni “ommaviy qamchilashga urinish” deb hisoblaydi.
 
25 mayda “Vagner” Baxmutdan chiqib ketishni boshladi. Prigojin jangchilar dam olish va jismoniy tayyorgarlik uchun orqa lagerlarga jo‘natilganini aytdi. Matbuot xizmatining 2 iyundagi xabarida aytilishicha, bu paytga kelib “Vagner” bo‘linmalarining qariyb 99 foizi Baxmutni tark etgan va “barcha pozitsiyalar tegishli ravishda Mudofaa vazirligiga topshirilgan”.
 
May oyi o‘rtalarida Prigojin rus harbiylari Baxmutdan qochib ketayotganini aytib, Rossiyani “global fojia”dan ogohlantirgan edi. Shuningdek, u o‘zining shaxsiy armiyasiga hali ham yetarlicha o‘q-dorilar berilmaganidan shikoyat qilgan va “Vagner” yo‘qotishlarga uchrashini aytgan.
Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Prigojin Rossiya Mudofaa vazirligi “Vagner”chilarning Baxmutdan chiqish yo‘lini minalab tashlaganini aytdi
ePN