18:31 / 04.06.2023
462

Beyonse va Jey Zining 200 mln dollarlik uyi qanday ko‘rinishga ega? (foto)

Foto: Getty Images

41 yoshli Crazy in Love qo‘shiqchisi va uning 53 yoshli turmush o‘rtog‘i Malibudan hashamatli mega-uy sotib oldi. Ma’lum bo‘lishicha, Jey Zi va bolalari — 11 yoshli qizi Blyu Ayvi va 5 yoshli egizaklar Rumi va Ser allaqachon yangi uyga ko‘chishgan.

2,7 kvadrat kilometrlik majmua Beyonse va Jey Ziga 200 million dollarga tushdi va bu Kaliforniya shtatida sotilgan eng qimmat uy bo‘ldi. Uy Tinch okeaniga qaragan qiyalikda joylashgan bo‘lib, “Milliarderlar jannati” deb ataladigan Paradise Cove hududida joylashgan.

Faqat Nyu-York markazida joylashgan kvartira bu uydan qimmatroq: uning narxi 238 millionga yetadi. Joriy xarid bilan xonanda venchur investor Mark Andreessenning rekordini yangiladi — u 2021-yilda qo‘shni uyni 177 million dollarga sotib olgandi.

Foto: Getty Images

L shaklidagi majmua koridorlar labirintiga ega va poldan shiftgacha shisha panoramali derazalar o‘rnatilgan ulkan beton qutidir. Hovuzli keng hovli jar bilan tugaydi, u okeanning ajoyib manzarasi va shaxsiy plyajni taqdim etadi. Uy Kanye Uestning Malibudagi qasrida ishlagan yapon arxitektori Tadao Ando tomonidan loyihalashtirilgan. Ando “Pritsker” mukofotiga sazovor bo‘lgan Osiyo, Yevropa va Shimoliy Amerikadagi noyob beton arxitekturasining yaratuvchisidir.

Foto: Getty Images

Minimalist inshoot dastlab 2003-yilda 14,5 million dollarga mulkni sotib olgan, keyin esa Ando g‘oyalarini o‘zida mujassam etgan holda 15 yil davomida qasr qurishga sarflagan taniqli san’at kolleksioneri Uilyam Bellga tegishli edi. New York Post gazetasining yozishicha, Beyonse va Jey Zining uyida hamon Jeff Kuns, Endi Uorxol, Damyen Xerst va Marsel Dyushanning ko‘plab asarlari o‘rin olgan Bellning shaxsiy kolleksiyasi saqlanadi. Bell mol-mulki bilan birga biror narsani sotganmi yoki mulk unga to‘liq qaytariladimi, hozircha ma’lum emas.

Foto: Getty Images
Manbalarga ko‘ra, beton uy hatto ko‘chmas mulk bozorida savdoga qo‘yilmagan. U faqat tanlangan xaridorlar guruhiga ko‘rsatilgan.

Aytgancha, bu er-xotinning birinchi mulki emas. 2008-yildagi to‘ylaridan beri Beyonse va Jey Zi Nyu-York, Nyu-Orlean, Xemptons, Mayami-Bich va Los-Anjelesdagi uylarni sotib olish va sotish bilan bir nechta ko‘chmas mulkka sarmoya kiritgan. Qoyadagi uy oilaning shu hududdagi ikkinchi yirik xarididir. Oldin ular Bel Airdagi xuddi shunday saroy, olti xil bino, o‘q o‘tkazmaydigan oyna, to‘rtta ochiq basseyn, media-zal, basketbol maydoni, kurort va sog‘lomlashtirish markaziga ega hashamatli mulkni 88 million dollarga sotib olgan. Ma’lum qilinishicha, hozirda mazkur uy qiymati 100 million dollarga ko‘tarilgan.

Foto: Getty Images
Foto: Getty Images

Uyning ichkaridan qanday ko‘rinishi hozircha noma’lum — Beyonse va Jey Zi o‘zlarining oilaviy go‘shalarini begona ko‘zlardan ehtiyotkorlik bilan himoya qilib, yopiq turmush tarzini olib borishadi.

Ma’lumki, qasr qa’rida ulkan o‘yinxona va san’at galereyasi joylashgan bo‘lib, unda yulduzli juftlik o‘z san’at asarlarini namoyish etishni rejalashtirmoqda. Interyerning ko‘p qismi sir bo‘lib qolmoqda, ammo ularning aytishicha, xonalarning barchasi qat’iy minimalizm uslubida yaratilgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Beyonse va Jey Zining 200 mln dollarlik uyi qanday ko‘rinishga ega? (foto)
ePN