19:04 / 05.06.2023
488

Britaniyalik harbiy tahlilchi: “Putin Gitlerning xatosini takrorlamoqda”

Britaniyalik harbiy tahlilchi: “Putin Gitlerning xatosini takrorlamoqda”
Rossiya prezidenti Vladimir Putin hissiyotlarga tayanib mantiqsiz qarorlar qabul qilmoqda, natijada Gitlerning xatosini takrorlamoqda. Bu haqda Sky News Britaniya harbiy-havo kuchlarining iste’fodagi general mayori Shon Bellga tayanib yozdi.
 
Ikkinchi jahon urushida natsistlar Germaniyasi Britaniyaga bostirib kirishga hozirlik ko‘rgan, lekin Gitler birinchi navbatda Britaniya havo kuchlarini yo‘q qilishi kerak edi. Britaniya uchun jangda qirollikning Harbiy-havo kuchlari tiz cho‘kdi; ammo ittifoqchilarning Germaniya shaharlarini bombardimon qilishga urinishlaridan g‘azablangan Gitler HHKni bir chetga qo‘yib Londonga o‘tdi. Bu HHKning tiklanishiga va urush oqimini o‘zgartirishga yordam bergan mantiqsiz qaror edi”, — deydi Shon Bell.
 
General mayor Putinning harbiy tajribasi yo‘qligini va uning Ukraina poytaxtini shundoq ham zaxirada kam qolgan ballistik raketalar bilan bombardimon qilish haqidagi hissiy qarorlari harbiy strategiyaga zid ekanini ta’kidladi.
 
Kiyevga raketa hujumlari to‘lqinlari harbiy foyda keltirmaydi va Rossiya tomonidan urushning tugashiga hissa qo‘shmaydi; bu shunchaki umidsizlikka uchragan rahbarning harakatlaridir”, — dedi Bell.
 
Mutaxassisning ta’kidlashicha, Ukraina havo mudofaasi tizimiga zarba berish uchun rossiyaliklardan mo‘ljal olishning murakkab tizimi, jumladan, sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini birlashtirish va ularni real vaqt rejimida tahlil qilish talab etiladi, bu esa Rossiya Mudofaa vazirligi uchun imkonsiz vazifaga aylangan. “Rossiya qila oladigan yagona narsa — tinch aholiga qarata o‘t ochish”, — ta’kidladi u.
 
May oyi boshida Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya Ukrainadagi “infratuzilma va odamlar hayotini himoya qilishga urinib”, chinakam urush olib bormayotganini ta’kidlagan edi.
Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniyalik harbiy tahlilchi: “Putin Gitlerning xatosini takrorlamoqda”
ePN