date

Qozog‘istonda bolalarga liq to‘la avtobus bilan bog‘liq mojaro keng muhokama etilmoqda

Qozog‘istonda bolalarga liq to‘la avtobus bilan bog‘liq mojaro keng muhokama etilmoqda

18 iyun kuni yarim tunda Ostona sohilbo‘yida maxsus amaliyot o‘tkazgan polisiya xodimlari, bir avtobus bola yiqqan. Huquq posbonlari, tungi soat 23:00dan so‘ng, yaqinlarisiz sayr qilib yurgan voyaga etmaganlarni qidirishgan.

Ammo bolalar bilan liq to‘la avtobus joyidan siljishiga, ularning ayrim qarindoshlari to‘sqinlik qilishdi, deb xabar qilmoqda "Kun" nashri. O‘zaro suhbatni esa, voqea guvohlari videoga olishga ulgurgan.

"Men o‘zimning ikki singlim va opam bilan joyimda tursam, polisiya xodimlari kelishdi. Men ularga: "hozir ota-onam kelishadi, bolalarni olib ketishadi", - dedim. Ota-onam ham kelishdi, ammo endi ular bolalarni berishmayapti".

"Bermaymiz, - deyishmoqda, - Sariark tuman IIBga borishimizni aytishdi". Biz allaqachon shu erda bo‘lsak, nima uchun borishimiz kerak? Ota-onalari shu erda, men 22 yoshli katta akasiman. Ular hech narsani tushuntirishmay, bolalarni avtobusga tiqishmoqda", - deb hikoya qilgan o‘zini Arman deb tanishtirgan yigit.

Ammo bu vajlar polisiyani ishontira olmagan. Ularning bolalarni qarindoshlari ekanini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagani sabab, voyaga etmaganlarni qabulxonaga olib ketishgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda bolalarga liq to‘la avtobus bilan bog‘liq mojaro keng muhokama etilmoqda